15:07 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
379 0 0

Oʻzbekistondagi gʻisht ishlab chiqaruvchi va issiqxona xoʻjaliklarini toʻliq koʻmirdan foydalanishga oʻtkazish mamlakatga har yili milliarddan ortiq kub. m. tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va issiqxona xoʻjaliklarini yonilgʻi oʻrnida koʻmirdan foydalanishga oʻtkazish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

2017-2021 yillarda gʻisht, tsement ishlab chiqaruvchi korxonalarni, issiqxona xoʻjaliklarini bosqichma-bosqich muqobil yonilgʻi turlariga (koʻmir) oʻtkazish koʻzda tutilgan. 

Koʻmirdan foydalanishning foydaliligini oʻrganish maqsadida maxsus tahliliy ishlar oʻtkazildi. Bir qator issiqxona xoʻjaliklari va gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarda tajriba oʻtkazildi. Natijada, tabiiy gaz oʻrniga koʻmirdan foydalanilganda 45-55 foiz miqdorida yonilgʻini tejash mumkinligi haqida xulosaga kelindi.

Tabiiy gaz yetkazib berish taqchil, vaqt oʻtgani sari ushbu muammo chuqurlashib borayotgan hududlarda koʻmirga boʻlgan ehtiyoj oʻrganib chiqildi. Bu joylarda koʻmir nafaqat qulay, balki zaruriy muqobil yonilgʻi ekani maʼlum boʻldi. Unga boʻlgan ehtiyoj oyiga 411 tonnani tashkil etadi.

Mamlakatda koʻmirdan foydalanish uchun zarur boʻlgan isitish qozonlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boshlandi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, Chirchiqda koʻmir qozonlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

2018 yilda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan gʻishtning 33 foizi tabiiy gaz oʻrniga koʻmirdan yonilgʻi sifatida foydalanayotgan korxonalarda ishlab chiqarildi. Mavjud issiqxona xoʻjaliklarining 27 foizi koʻmirdan foydalanishga oʻtkazildi.

2019 yil 5 oyida yana 94 ta gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar koʻmirdan muqobil yonilgʻi sifatida foydalanishga moslashtirildi, 115 ta issiqxona koʻmirdan foydalanishga qaror qildi va unga oʻtishni boshlab yubordi.

Asosiy mavzular