23:11 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Gostinitsa Chorsu v Tashkente

“Chorsu” mehmonxonasi endi Demir Group᾽ga qarashli emas

Uzbekturizm
Iqtisod
Havola olish
351 0 0

“Chorsu” mehmonxona qayta sotuvga qoʻyiladi. Tadbirkor Ahmet Demir oʻz vaqtida investitsion majburiyatlarini bajarmaganligi sabab shunday qarorga kelingan.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Tadbirkor Ahmet Demir oʻz vaqtida investitsion majburiyatlarini bajarmadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.

Endilikda "Chorsu" mehmonxonasi tadbirkorga qarashli emas va qayta sotuvga qoʻyiladi. Bunga Ahmet Demirning oldi-sotdi shartnomasida belgilangan investitsion majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi sabab boʻlgan.

“Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 2 iyuldagi hal qiluv qaroriga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma bekor qilingan”, - deyilada xabarda.

Demir Group “Chorsu” mehmonxona majmuasini hukumat kafolatisiz 33 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritish orqali 270 oʻringa moʻljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish oʻrinini yaratish sharti bilan sotib olgan edi.

Asosiy mavzular