19:31 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

UzAuto Motors sentyabr oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi

Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
465 0 0

Xaridorlarga tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha barcha shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi taʼminlanadi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. UzAuto Motors profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni 2019 yilning 23 sentyabriga qadar toʻxtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, 2019 yilning 26 avgustidan boshlab UzAuto Motors AJ zavodlarida yillik rejali profilaktika ishlari boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar doirasida texnologik asosiy va yordamchi uskunalarni modernizatsiya qilish hamda kommunal xoʻjaligi va muhandislik- kommunikatsion tarmoqlarga texnik xizmat koʻrsatiladi, shuningdek, korxonalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib boriladi.

Xabarda xaridorlarga tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha barcha shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi taʼminlanishini qayd etilgan.

Shuningdek, rejalashtirilgan profilaktika ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga taʼsir qilmaydi.

Asosiy mavzular