14:02 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Obmen papkami s dokumentami

Fargʻonadagi forum yakunlari: necha millionlik shartnomalar imzolandi

Sputnik / Aleksey Panov
Iqtisod
Havola olish
235 0 0

7-8-avgust kunlari Fargʻonada xorij biznes hamjamiyatini viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida Xalqaro investitsiya forumi oʻtkazildi

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Fargʻona shahridada oʻtkazilgan  Xalqaro investitsiya forumida qiymati 350 mln. AQSH dollaridan ortiq boʻlgan hujjatlar imzolandi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Forum ishida Oʻzbekistonning Oʻmon va Qirgʻizistondagi elchilari, dunyoning 30 davlatidan kelgan 150 dan ortiq chet el ishbilarmonlari, Oʻzbekistondagi diplomatik korpus hamda yetakchi xorijiy OAVning TIV huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan vakillari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “Fargʻonada ishlab chiqarilgan” nomli koʻrgazmasiga ham tashrif buyurib, Farg‘onaazot AJ, UzSungwoo, Narimteks, Germes Ideal Sifat” va Vostok Composite kompaniyalarining eksportga moʻljallangan mahsulotlari bilan tanishdilar.

Tadbir qatnashchilari mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan ham tanishdi, istiqbolli investitsiya loyihalari, investorlarga taklif qilinayotgan bino va qurilmalar, bekor turgan yer maydonlarining taqdimoti oʻtkazildi. Forum ishtirokchilari uchun Fargʻona viloyatining asosiy qadamjolari boʻylab info-tur ham tashkil etilib, hunarmandchilik anʼanalari bilan tanishtirildi.

Oʻzbekistonda mashhur Rogachyov “sguщyonka”si ishlab chiqariladi

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 7-8-avgust kunlari Fargʻona shahrida xorij biznes hamjamiyatini viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida Xalqaro investitsiya forumi oʻtkazildi. Tadbir Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan birgalikda tashkil etildi.

Fargʻonalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyadi

Asosiy mavzular