03:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Selxozugodya v Uzbekistane

Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

© Flickr / Stanislav Magay
Iqtisod
Havola olish
394 0 0

Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

 Qonunga koʻra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;

- yer uchastkalarini elektron onlayn-auktsion orqali sotish.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

- xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obʼyektlar joylashgan yer uchastkalari;

- rejalashtirish sxemalari boʻlmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;

- tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;

- oʻrmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, xiyobonlar);

- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari;

- erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonun 2020 yil 1 martdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Asosiy mavzular