18:03 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
422 0 0

Bir kun ichida aholiga 15 million dollar sotildi va 20 million dollar sotib olindi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda naqd valyuta sotib olishga ruxsat berilganidan soʻng, bir kun ichida aholi tomonidan 15 million dollar sotildi va 20 million dollar sotib olindi.

Bu haqida Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktori Begzod Hamrayev jurnalistlarga xabar qildi.  

- 21 avgustda, bir kun ichida valyuta ayirboshlash punktlari orqali jismoniy shaxslarga 15,2 million dollar sotildi. Undan 9,6 mln dollari naqd pul va 5, 6 mln. dollari hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan. Ushbu kunning oʻzida aholidan sotib olingan valyuta miqdori 20 million AQSH dollarini tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, OʻZbekiston Markaziy banki 20 avgustdan boshlab naqd valyuta sotishni erkinlashtirish bilan birga valyuta kurslarini belgilashda ham bozor mexanizmlarini qabul qilgan edi. ushbu kundan boshlab valyuta ayirboshlash kurslari valyuta birjasida talab va taklif asosida belgilanadi.

Shundan soʻng valyuta birjasida oʻtgan oy davomida ilk bor dollar narxi pasayishi kuzatildi. 21 avgust kuni 1 AQSH dollari narxi 9379 soʻm  miqdorida belgilandi. Bu oʻtgan kunga nisbatan 5 soʻmga past.

Asosiy mavzular