10:38 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Iqtisod
Havola olish
290 0 0

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida ikki davlat ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Toshkent va Moskva umumiy qiymati 29,8 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Moskva shahriga tashrifi davomida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida ikki davlatning ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari oʻzaro hamkorlik boʻyicha qator loyihalarni koʻrib chiqishdi.

“Muhokamalar yakuni boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha umumiy qiymati 29,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi shartnomalar imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Delegatsiya iz Tashkenta zaklyuchila dogovorov v Moskve na 29,8 mln dollarov SSHA
Ofitsialnыy sayt xokimiyata goroda Tashkenta
Delegatsiya iz Tashkenta zaklyuchila dogovorov v Moskve na 29,8 mln dollarov SSHA

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Moskvadagi Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida boʻlishdi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Moskvada Toshkent kunlari boʻlib oʻtishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular