13:21 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Samolet Suxoy Superdjet 100

Oʻzbekiston aviakompaniyasi Rossiyadan 3ta samolyot sotib olishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Iqtisod
Havola olish
273 0 0

Oʻzbekiston xususiy aviakompaniyasi Rossiyadan 3ta “Superjet 100” samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Oʻzbekiston xususiy aviakompaniyasi Rossiyadan 3 ta “Superjet 100” yoʻlovchi samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda “Rossiyskaya gazeta” nashri.

Ushbu shartnoma avgust oxirida Moskva viloyatida boʻlib oʻtgan MAKS-2019 aviatsiya koʻrgazmasi davomida imzolangan.

Oʻzbekistonning "Qanot Sharq" aviakompaniyasi Rossiyaning "Grajdanskiye samoletы Suxogo" kompaniyasi bilan 3 dona “Superjet 100” yoʻlovchi samolyotlarini harid qilish uchun “Yumshoq shartnoma” imzolashdi, - deyilgan xabarda.

"QANOT SHARQ" MCHJ – Oʻzbekistondagi birinchi nodavlat aviakompaniyalaridan biridir. U 1998 yilda tashkil qilingan boʻlib, xalqaro yoʻnalishlarda yuk va yoʻlovchilarni tashishga ixtisoslashgan. Avgust oyida kompaniya direktori Nosir Abdugʻaforov Kun.uz nashriga mahalliy yoʻnalishlarda parvozlar tashkil qilish rejasi haiqda aytib bergandi.

Sukhoi Superjet 100 (SSJ 100) – Rossiyada ishlab chiqilgan, yaqin yoʻnalishlarga moʻljallangan tor fyuzelyajli samolyot. Samolyot 98ta yoʻlovchi bilan 3000 – 4600 km masofagacha parvoz qilishi mumkin.  

Asosiy mavzular