10:12 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Lixachyov: xalqaro atom loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qoʻshimcha impuls beradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Iqtisod
Havola olish
140 0 0

“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov Toshkentda "MMFI" Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi xorijiy filiali ochilishi qanday muhim ahamiyatga ekanligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universitetining (NIYAU MIFI) Toshkentdagi filiali ochildi.

“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov xalqaro atom loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishga qoʻshimcha impuls berishini qayd etdi.

“Toshkentda mazkur taʼlim muassasining barpo etilishi, yaʼni MMFI filialining ochilishi muhim ahamiyatga ega boʻlgan natijadir. Bu, umuman olganda, kadrlar siyosatini kengaytirish va chuqurlashtirishdir. Albatta, talabalar nafaqat yangi bilimga ega boʻladilar, balki ilm-fan sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishadi. Shubhasiz, bu yerda “Rosatom” tomonidan hamkorlikdagi loyihalar joylashtiriladi. Nazarimda, atom energetikasi bilan bogʻliq boʻlgan xalqaro loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qoʻshimcha impuls beradi”, - deya Lixachyov soʻzlaridan iqtibos keltiradi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Toshkentdagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali toʻrtta yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi:

- Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi;

- Yadro fizikasi va texnologiyalari;

- Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;

- Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Taʼlim jarayoni Rossiya standartlariga asosan olib boriladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda amal qiladigan Rossiya namunasidagi diplomlar beriladi. Barcha bitiruvchilar “Oʻzatom” agentligi tomonidan ish bilan taʼminlanadi.

Asosiy mavzular