16:00 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Prezident muddatidan oldin soliq olayotgan rahbarlarni tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
249 0 0

Shavkat Mirziyoyev faqat yirik soliq toʻlovchilardan muddatidan oldin olingan soliqlar hisobidan byudjetni toʻldirayotgan rahbarlarni tanqid qildi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Majlisda davlat byudjetiga tushumlarni taʼminlash masalasi ham koʻrib chiqildi. Maʼlumotlarga koʻra oʻtgan 8 oyda byudjet tushumi koʻrsatkichlari prognozga nisbatan yuqori boʻlgan. 

Shu bilan birga Toshkent shahri, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida koʻp milliard soʻmlik soliq qarzdorligi undirilmagani, qator tuman va shaharlar rahbarlari izlanmay, yirik soliq toʻlovchilar hisobiga prognoz koʻrsatkichlarini bajarishda davom etayotgani tanqid qilindi.

Shavkat Mirziyoyev byudjet soliq toʻlovlarini prognoz asosida oldindan bajarish qatʼiyan man etilishini taʼkidladi.   

Daromadlarni oshirishda foydalanilmagan zaxiralarni ishga solish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha tushumlarni taʼminlash, yashirin ish oʻrinlarini legalizatsiya qilish muhimligi taʼkidlandi.

Moliya vazirligiga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini kamaytirish boʻyicha aniq asoslangan taklif kiritish topshirildi.

Tadbirkorlar, ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida oʻtkazilgan muhokamalarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini puxta ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. 

Videoselektorda muhokama qilingan masalalar boʻyicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.

Yigʻilishning toʻliq bayonoti bilan prezident matbuot xizmati sahifasida tanishing.

Asosiy mavzular