16:31 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Frantsiya kompaniyasi Oʻzbekistonda quyosh elektr stantsiyasi quradi

© Mininvestitsiy
Iqtisod
Havola olish
296 0 0

Frantsiyaning Total Eren kompaniyasi Samarqandda 100 MVtli quyosh elektr stantsiyasi quradi. Xorijiy sarmoyador stantsiyani bir yil ichida qurib, foydalanishga topshirishni vaʼda bermoqda.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Frantsiyaning Total Eren kompaniyasi Oʻzbekistonda umumiy quvvati 100 Mvt boʻlgan fotoelektr stantsiyasini qurilishiga 150 million yevrogacha investitsiya kiritmoqda, deb xabar qildi Investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

“13 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan vazir Sardor Umurzakov va frantsuz kompaniyasi Total Eren tomonidan ijrochi vitse-prezidenti Fabyen Demol oʻrtasida Samarqand viloyatida 100 MVtli fotoelektr stantsiyasini qurish boʻyicha investitsiya kelishuvi imzolandi”, - deyilgan xabarda.   

Xabarda aytilishiga koʻra, bu alternativ energetika sohasida Oʻzbekiston uchun birinchi yirik loyihadir. Loyiha qurilishi 2020 yil boshida boshlanib 2021 yil 1 choragida yakunlanadi.

Fotoelektr stantsiyani loyihalashtirish, qurilishi va ekspluatatsiya qilish hamda ushbu jarayonlarni moliyalashtirish - Total Eren tomonidan amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu bitim uchun dastlabki qadam 2018 yilning oktyabrida, Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyagga boʻlgan tashrifi chogʻida amalga oshirilgan edi.

Total Eren - qayta tiklanadigan energiya sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya 2400 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilishi uchun sarmoyalar kiritgan.

Asosiy mavzular