13:31 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
377 0 0

Toshkentda ochilgan yangi Tatneft AYOQShda AI-100, AI-95, AI-92, AI-80 markali benzinlari va  dizel yonilgʻisi sotiladi. 

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi Toshkentning gavjum tumanlaridan birida oʻzining birinchi avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchasini ochdi va u yerda yuqori oktanli AI-100 benzinini sotishni boshladi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bu kompaniyaning Oʻzbekistonda birinchi va dunyoda ikkinchi yetakchi AYOQShi boʻladi. Bu yerda Oʻzbekistonda ilk bor yuqori oktanli AI-100 benzini savdoga chiqariladi”, - dedi yonilgʻi quyish shaxobchasi ochilish marosimida Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov.

Shuningdek Toshkentda ochilgan yangi shaxobchada AI-95, AI-92, AI-80 markali benzinlari va  dizel yonilgʻisi sotiladi. 

Biroz oldin Toshkent shahar hokimligi 2020 yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda 22ta “Tatneft” yonilgʻi quyish shaxobchalari paydo boʻladi, deb xabar bergan edi.   

Eslatib oʻtamiz, “Tatneft” Oʻzbekiston yonilgʻi bozoriga kirib kelgan uchinchi kompaniya boʻldi. 2018 yil yanvarida Toshkentda “Gazprom” yonilgʻi quyish shaxobchasi, mart oyida esa “Lukoyl” AYOQShi ochilgan edi.

Asosiy mavzular