13:51 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
103230

Auktsion shartiga koʻra, mehmonxonani 1 soʻmga sotib olgan kishi 2 yil ichida 25 million dollar investitsiya kiritishi va 150ta ish oʻrinlari yaratishi kerak.

TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkent qadimiy markazida joylashgan “Chorsu” mehmonxonasi 1 soʻm qiymatda kim oshdi savdosiga qoʻyildi. Bu haqida YE-auktsion elektro savdo platformasi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, mehmonxona 2 yil ichida 25 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan sotilmoqda. Shunindek yangi ochiladigan korxonada 150ta ish oʻrinlari yaratilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, 3 yil oldin ushbu binoni turkiyalik biznesmen Axmet Demir sotib olishi haqida eʼlon qilingan edi. Oʻshanda sarmoyador mehmonxonaga 33 million dollar investitsiya kiritishi va bu yerda 270 oʻrinli 4 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda  350ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi haqida xabar berilgan edi. Lekin belgilangan vaqt oʻtib, biznesmen oʻz vaʼdasini amalga oshirmaganidan soʻng, ushbu shartnoma yekor qilingan edi.

Asosiy mavzular