00:38 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
36001

Ushbu yilning 1 oktyabridan boshlab xorijiy valyutani faqat bank kassalari orqali yechib olish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 25 sen – Sputnik. Oʻzbekiston banklari 1 oktyabrdan boshlab bankomat orqali valyuta berishni toʻxtatadi. Bankomatlar faqat soʻm beradi, valyutani esa - bank kassalari orqali olish mumkin boʻladi. Bu haqida Ipak yoʻli bankining rasmiy xabarida aytilgan.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro toʻlov tizimlari (VISA, MasterCard va UnionPay) kartalariga xizmat koʻrsatuvchi barcha bankomatlarda plastik kartochkalardan naqd pullarni faqat milliy valyutada olish mumkin.

Ushbu bankomatlarni bosqichma-bosqich qayta sozlash zarurati tufayli 24 sentyabrdan boshlab baʼzi bankomatlar naqd pulni milliy valyutada beradilar.

Bankomatlar naqd xorijiy valyutani almashtirish va bank tomonidan chiqarilgan xalqaro plastik kartalarni toʻldirish uchun AQSH dollarlarida banknotalarni qabul qilishni davom ettiradi, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligiga binoan, Respublika hududida amalga oshirilayotgan barcha hisob-kitoblar, tovar va mahsulotlar uchun toʻlovlar – milliy valyutada amalga oshirilishi kerak.

Ikkinchidan, koʻplab rivojlangan mamlakatlarda bankomatlar orqali, yaʼni pul olayotgan kishining shaxsi aniqlanmagan ravishda, milliy valyutadan boshqa valyutada katta miqdorda pul yechiib olish taʼqiqlangan. Odatda, ushbu taʼqiq – noqonuniy daromadlarni yuvish va terrorchilikka qarshi kurash bilan izohlanadi.

Asosiy mavzular