01:28 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
119 0 0

Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri taʼkidiga koʻra, bu mamlakatga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishni tubdan soddalashtirishga, mamlakatning mavjud eksport salohiyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun masʼul vazirlarning oʻn sakkizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Majlisda ishtirokchi davlatlar va kuzatuvchi davlatlar vazirlari, shuningdek Kotibiyat, Ishbilarmonlar kengashi, SHHT Banklararo birlashmasi Kengashi vakillari ishtirok etadi.

Majlisni olib borgan Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Respublika Shanxay Hamkorlik Tashkilotini barqaror rivojlanish, tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global miqyosda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun keng koʻlamli masalalarni muhokama va hal qilish uchun nufuzli va taʼsirli maydon sifatida koʻrishini taʼkidladi.

Vazir soʻzlariga koʻra, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish SHHTning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishning muhim shartlaridan biri boʻlib qolmoqda, uning ahamiyati jahon iqtisodiyotida davom etayotgan tarkibiy oʻzgarishlar sharoitida tobora kuchayib bormoqda.

"Biz rivojlangan mintaqaviy ahamiyatga ega transport yoʻlaklari tarmogʻini shakllantirishdan manfaatdormiz", - deb qayd etdi Umarzakov.

 Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri taʼkidiga koʻra, ushbu mexanizmlarning joriy etilishi mamlakatga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishni tubdan soddalashtirishga, mamlakatning mavjud eksport salohiyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhitni yaratadi.

Asosiy mavzular