08:52 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
221 0 0

2018 yilda bu koʻrsatkich 1, 761 milliard AQSH dollariga teng edi. Shunday qilib, oʻtgan davr uchun oʻsish 12,3%ni tashkil etdi.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. 2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyadan Oʻzbekistonga jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari hajmi 12,3%ga oshdi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy bankka asoslanib, RIA Novosti xabar beradi. 

2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyadan Oʻzbekistonga amalga oshirilgan pul oʻtkazmalari hajmi 1, 977 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. 2018 yilda bu koʻrsatkich 1, 761 mlrd. dollariga teng edi. Shunday qilib, oʻtgan bir yil davomidagi oʻsish 12,3%ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarning transfert oʻtkazmalari roʻyxatida Rossiya avvalgiday birinchi oʻrinda boʻlib kelmoqda. MB hisob-kitoblariga qaraganda, Oʻzbekistonga xorijdan amalga oshirilgan pul oʻtkazmalari oʻtgan yarim yilda 13,5%ga – 2, 593 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi. Xorijga  boʻlgan oʻtkazmalar koʻrsatkichi – 467 million AQSH dollariga (+16,4%) teng. Oʻtkazmalar MDHdan - 2, 159 mlrd.ni (+12%), MDH mamlakatlariga esa 254,3 mln.dollarni (-5,9%) tashkil etdi.

 

Asosiy mavzular