07:26 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
524 0 0

Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori va iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubets Oʻzbekistonda QQS pasaytirilishi iqtisodiyot va tadbirkorlarga qanday taʼsir koʻrsatishi haqidagi fikrlarini bayon qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  joriy yilning 1 oktyabridan mamlakatda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini (QQS) amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytirish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

Aleksey Zubetsning maʼlum qilishicha, QQSning pasaytirilishi biznes uchun yanada qulayroq sharoit yaratadi. Qolaversa, QQS biznesning “yaxshi doʻsti” hisoblanmaydi. QQS biznesni tom maʼnoda “yanchib tashlashi”  mumkin.

“Soliq pasaytirilishi – biznes sari qadam. Tashkilotlar olingan pullarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga sarflashlari mumkin. Masalaning boshqa tomoni shundaki, hukumat soliq tushumlarining yetishmasligini qanday qilib kompensatsiya qilishni rejalashtirayotgani. Bu davlat qarzini koʻpaytirish yoki qoʻshimcha soliq va aktsiz joriy etish boʻladi”, - dedi ekspert Sputnik Oʻzbekistonga bildirgan fikrida.

QQS pasaytirilishi iqtisod va biznesga erkin nafas olishga yordam beradi, biroq tegishli chora koʻrilmasa davlat qarziga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Ekspertning toʻliq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert: snijeniye NDS - shag navstrechu biznesu

Asosiy mavzular