05:13 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
149 0 0

Rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali va keng tajribaga ega yevropalik ekspertlarni jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

TOSHKENT, 27 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, «Oʻzatom» agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining oʻzaro bogʻliqlik masalalari boʻyicha elchisi Romana Vlaxutin bilan bu borada muzokaralar oʻtkazdi, xabar qiladi Energetika vazirligi Axborot xizmati

Vazirlik sohada kadrlarni tayyorlash va tarmoqdagi korxonalarning boshqaruv oʻrinlarini yevropalik yetakchi mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan grant mablagʻlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Tomonlar YEIning moliyaviy grantlar yordami boʻyicha loyiha takliflari toʻplamini shakllantirdilar. Qolaversa,  Oʻzbekistonning energetika sohasi kadrlar salohiyatini mustahkamlashda ham yevropalik hamkorlarning yaqindan koʻmak koʻrsatishi nazarda tutilmoqda. 

Shu jumladan, istiqbolli yoʻnalishlar va takliflarni ishlab chiqish maqsadida qoʻshma ishchi guruhni tuzish, xususan, Energetika vazirligi korxonalariga maslahatchilar sifatida, shuningdek, rahbarlik lavozimlariga oʻtish davridagi energetika sohasini isloh qilish borasida tajribaga ega yevropalik ekspertlarni jalb qilish koʻzda tutilgan.

Hozirda Oʻzbekiston energotizimida umumiy quvvati 12,4 GVt.dan ziyod boʻlgan 48 ta elektr stantsiya, shu qatorda, umumiy quvvati 10,6 GVt.dan tarkib topgan 10 ta issiqlik elektr stantsiyasi faoliyat yuritmoqda. Elektrik energiyaning qolgan qismi, “Oʻzbekgidroenergo” tuzulmasiga kiruvchi GESlar hamda sanoat korxonalarining avtonom issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqiladi. Respublikada elektr energiyani ishlab chiqishda mavjud boʻlgan salohiyat – 60 mlrd. kilovatt-soatni tashkil etadi.

Asosiy mavzular