07:12 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
1688 0 0

Oʻzbekiston prezidentining “Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish hamda Hukumat va Markaziy bankning iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha choralari samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan farmonda loyihasida pul-kredit siyosati sharoitlarini inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish hamda 2023 yildan inflyatsiyaning doimiy maqsadli koʻrsatkichi (target)ni 5 foiz darajasida belgilash nazarda tutilgan.

Inflyatsion targetlash sharoitlari va maqsadlarining belgilab olinishi Hukumat va Markaziy bankning inflyatsiyani barqarorlashtirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarini samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Taʼkidlanishicha, targetlash inflyatsiyani jilovlash maqsadida joriy qilinmoqda.

Inflyatsiyaning joriy dinamikasi va prognoz koʻrsatkichlari Markaziy bankka narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib, mazkur yoʻnalishda aniq va yanada taʼsirchan choralar koʻrishni taqazo etmoqda.

Tahlil va hisob-kitoblar, farmon loyihasida keltirilgan qatʼiy pul-kredit siyosatining yuritilishi, davlat yigʻma byudjetining muvozanatli ijro etilishi, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi kabi shartlarning bajarilishi 2023 yilda inflyatsiyaning maqsadli darajasiga erishilishiga xizmat qilishini koʻrsatmoqda.

Shu bilan birga, inflyatsiyani pasaytirish va uni iqtisodiyot uchun maqbul darajada ushlab turish hamda inflyatsion kutilmalarni jilovlash maqsadida farmon loyihasida pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning yangi instrumentlarini joriy qilish, Markaziy bank foiz siyosatini tezkorligi va moslashuvchanligini oshirish koʻzda tutilgan.

Farmon loyihasining makroiqtisodiy siyosat va tarkibiy islohotlar sohasidagi chora-tadbirlar qismida quyidagilar nazarda tutilgan:

- davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlar ajratish usullari va tamoyillarini qayta koʻrib chiqish, foiz stavkalarini belgilashda 2020 yil 1 yanvardan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan darajada, 2021 yil 1 yanvardan esa bozor stavkalarida belgilash, zaruriy hollarda foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini qoplab berish mexanizmini qoʻllash;

- fiskal siyosat sohasida choralar “byudjet qoidalari”ni ishlab chiqish hamda 2020 yildan davlat ichki va tashqi qarzlari yillik oʻzgarish parametri chegarasini tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishga qaratilgan;

Davlat byudjetini belgilangan koʻrsatkichlar doirasida ijro etish, shuningdek soliq-byudjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini taʼminlash va boshqalar.

Mazkur Farmon bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga koʻra iqtisodiyotni yanada isloh qilish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar, birinchi navbatda sifatli va muvozanatli iqtisodiy oʻsish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadlariga mos keluvchi tamoyil va vazifalarga asoslanadi.

Bu, oʻz navbatida, zamonaviy ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzulmani yaratish, tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirishni yakuniga yetkazish, davlat korxonalarini isloh qilishda ular faoliyatiga bozor mexanizmlarini joriy qilish, mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular