09:19 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
21230

QQS kamayishi munosabati bilan barcha kassa apparatlari qayta dasturlanishi kerak – soliq qoʻmitasi raisi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Maʼlumki Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan Qoʻshimcha qiymat soligʻi 20 %dan 15%ga kamaytirildi. Ushbu munosabat bilan tadbirkorlar birinchi navbatda nima ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savolga Soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev javob berdi. Xalq soʻzi xabariga asosan.

– Shu kungacha nazorat-kassa apparatlari xotirasiga yozilgan formulaga muvofiq, xarid qilingan mahsulotlar uchun 20 foizlik qoʻshilgan qiymat soligʻi saqlab qolinardi. 1 oktyabrdan bu amaliyot 15 foiz etib belgilangani bois nazorat-kassa apparatlarini qayta tizimlash zarurati tugʻiladi. Muddati tugamagan shartnomalarga esa tuzatish kiritiladi. Shuningdek, biznes subʼyektlari imzolagan har bir shartnomani qayta inventarizatsiya qilishi kerak, - dedi qoʻmita raisi.

Musayev aytishia qaraganda Soliq qoʻmitasi QQSni kamaytirish taklifini 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etishni taklif qilgan, lekin prezident ushbu amaliyotni 1 oktyabrdan joriy qilishga qaror qilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar ixtiyorida 10 trillion soʻmdan ortiq aylanma mablagʻ tejab qolinadi.

Asosiy mavzular