11:46 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Podpis dokumentov

Mirziyoyev NNTlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun undiriladigan bojni pasaytirdi

Sputnik / Mixail Palinchak
Iqtisod
Havola olish
278 0 0

Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari pasaytiriladi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks ishlab chiqiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

“Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun hujjatlarining loyihalari boʻyicha muhokama natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi.

Bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.

Shuningdek, qarorga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

- respublika, viloyatlararo NNTlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari BHMning 4 baravaridan 3 baravarigacha;

- viloyat NNTlari uchun – BHMning 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 fevralga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.

Asosiy mavzular