07:11 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente

Beton yoʻllar Oʻzbekistonda oʻzini oqlaydi – ekspert

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
212 0 0

Beton yoʻllar qurilishi asfalt yoʻlga qaraganda qimmatroq boʻlsada, ularning xizmat qilish muddati ham 2-3 baravar koʻproq.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Rossiya Transport vazirligi Jamoat kengashining sobiq vakili, "Mejregionavtotrans" assotsiatsiyasi raisi Sergey Xrapach aytishiga qaraganda Beton yoʻllar Oʻzbekistonda oʻzini oqlaydi.

Umuman olganda asfalt va beton yoʻllarning tarkibi bir xil moddalardan tashkil topgan, farqi  faqat bogʻlovchi moddada, deydi ekspert. Asfalt yoʻllardan bogʻlovchi modda bitum boʻlsa, beton yoʻllarda bu – tsement.

Beton yoʻllar asfalt yoʻllargan qaraganda 2 baravar qimmat, lekin ularning xizmat muddati ham 40-50 yilgacha yetishi mumkin. Asosiysi ushbu yoʻllar qurilish texnologiyasini buzmaslik kerak. Ekspert fikriga koʻra, yoʻlning ostki va ustki qatlamlariga turlicha beton markalari ishlatilishi kerak.

Beton yoʻllardan, odatda, kunduzgi va tungi hamda yozgi va qishgi haroratlar keskin farq qiladigan iqlimli mamlakatlarda foydalaniladi. Dunyoda birinchi beton yoʻl AQShda 20 asr boshida qurilgan. Udan soʻng Germaniyada. Birlashgan Arab Amirliklarida ham juda koʻp miqdorda beton yoʻllar mavjud, deydi ekspert.

Asosiy mavzular