12:55 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Samolet aviakompanii Nodrwind

Oʻzbekiston Ukrainaga charter aviaqatnovni yangilay olmadi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Iqtisod
Havola olish
171 0 0

Hozirda Charter Flights Group rahbariyati Kiyevda boʻlib, Ukraina aviatsiya sohasi maʼmurlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Toshkent-Kiyev-Toshkent aviatsiya aloqasi qayta tiklanishi amalga oshmadi, deb xabar berdi kompaniya vakili RIA Novosti agentligiga.

Reysga chipta xarid qilgan qator yoʻlovchilar bugun oʻz ijtimoiy tarmoqlarida parvoz tashkilotchilari pul mablagʻlarini qaytarishni boshlaganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotni tarqata boshladilar.

“Biz ukrainalik taraf bilan barcha zarur hujjatlarni kelishib, parvozlar jadvalini tasdiqlatib ham olgandik. Chiptalar sotuvi boshlangan edi. Ammo aviaqatnovning bevosita ochilishidan oldin ruxsatnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida Kiyevdan xabar oldik”, - dedi Charter Flights Group xodimi.

Kompaniya xabariga koʻra, ayni paytda uning rahbariyati Kiyevda boʻlib, Ukraina aviatsiya sohasi maʼmurlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

“Umid qilamizki, parvozlar qayta tiklanadi”, -  qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” matbuot xizmati aniqlashtirishicha, charter asosida tashishlar shartnomasiga koʻra, aviakompaniya reyslarni amalga oshirish uchun samoletlar va ekipajni taqdim etadi, qolgan masalalar esa charter tashkilotchilari masʼuliyati ostida qoladi.

Eslatamiz, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” joriy yil 5 oktyabrdan Toshkent-Kiyev-Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanayotganligi haqida sentyabrda maʼlum qilgandi.

2015 yil 5 maydan boshlab ukrainalik aviakompaniya narxlarni shakllantirishda demping siyosatini olib borganligi tufayli Kiyevga qatnovlar toʻxtatilgandi. Ukraina tomonidan “Ukraina xalqaro havo yoʻllari” aviakompaniyasi ham oʻz qatnovlarini bekor qildi. Bu davlatlar oʻrtasidagi yagona mavjud yoʻlovchilik aviareys edi.

2014 yil iyunda Oʻzbekiston va Ukraina aviatsiya sohasi maʼmurlari oʻrtasida har tarafdan haftasiga ikkitadan reys qoʻyilishi yuzasidan, yaʼni slotlar paritetini tasdiqlovchi hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.

Asosiy mavzular