22:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Poyezd Tashkent-Buxara otpravlyayetsya s Yujnogo vokzala

OʻTY alohida poyezdlarda 60 %gacha chegirmalar joriy etdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
257 0 0

Oʻzbekiston temir yoʻllari Rossiya va Qozogʻistonga hamda Andijon va Shahrisabzga qatnaydigan poyezdlarda chegirmalar joriy etdi.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ ichki va tashqi yoʻnalishlardagi bir qator poyezdlarda 20 %dan 60 %gacha chegirmalar joriy etdi.

“Toshkent – Andijon – Toshkent” yoʻnalishidagi 060/059 va 062/061 – sonli poyezdlarda:    

- chiptalar 2 - 5 sutka oldin sotib olinganda - 20%;
- chiptalar 6 - 45 sutka oldin sotib olinganda - 60%;

“Toshkent – Shaxrisabz – Toshkent” yoʻnalishidagi 007/008 sonli poyezdda:

- chiptalar 2 - 5 sutka oldin sotib olinganda - 50%;
- chiptalar 6 - 45 sutka oldin sotib olinganda - 60%;

Shuningdek Rossiyadan Oʻzbekistonga borayotgan barcha poyezdlarning platskart vagonlarida – 50 %li chegirma joriy etiladi.

Undan tashqari Oʻzbekistondan Rossiya va Qozogʻistonga borayotgan barcha poyezdlarning platskart vagonlarida chegirma miqdori 30 %ni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, oldin chegirmalar faqat bir yoʻnalishda Oʻzbekistondan Rossiyaga kelishda berilar edi. Endi boʻlsa Rossiyada turib ham chegirmali biletlar sotib olish mumkin.

Asosiy mavzular