14:42 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Obnalichivaniye sumov

Milliy valyutada saqlanayotgan depozitlar miqdori oshib bormoqda – Markaziy bank

© Facebook / Uzbek MDK
Iqtisod
Havola olish
198 0 0

Milliy valyutaning avgust oyida sodir boʻlgan devalvatsiyasiga qaramasdan, banklarda soʻmda saqlanayotgan depozitlar miqdori koʻpaymoqda.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Milliy valyuta devalvatsiyasi kuchayishi va oʻz omonatlarini xorijiy valyutada saqlashni afzal koʻradigan fuqarolar soni koʻpayishiga qaramasdan, milliy valyutadagi depozitlarning ijobiy dinamikasi saqlab qolingan, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Markaziy banki.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yil yanvar-iyul oylarida AQSH dollarining almashinuv kursi 4 %ga oshgan boʻlsa (1 dollarga 8 336 soʻmdan 8 667 soʻmgacha), avgust oyida valyuta kursining keskin oʻsishi (8,2%) kuzatilgan. Sentyabrda esa dollar kursi oʻzining avvalgi tendentsiyasiga qaytib, oylik oʻsish surʼati 0,5 %gacha pasaygan.

May - Avgust oylaridaAQSH dollarida saqlanayotgan  jamgʻarmalar ulushi 19%dan 33 %gacha oshgan.  Sentyabrda esa xorijiy valyutada saqlanayotgan omonatlar miqdori qaytib 29 %gacha kamaygan.

Xulosa qilib aytganda, qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarning oʻsishi, milliy valyutadagi depozitlarning keskin kamayishiga yoki tarkibiy oʻzgarishiga olib kelmagan. Oʻsish surʼati pasaygan boʻlsada, depozitlarning ijobiy dinamikasi saqlab qolingan. Buni quyidagi grafikda ham koʻrish mumkin. 

Obʼyemы sberejeniy fizicheskix lits

Asosiy mavzular