00:47 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Reytingovoye agentstvo Fitch Ratings

Fitch Oʻzbekiston reytingini barqaror deb eʼlon qildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Iqtisod
Havola olish
166 0 0

Fitch Ratings Oʻzbekistonda kelasi yil kutilayotgan inflyatsiya miqdori va Oʻzbekiston iqtisodiga xavf solayotgan asosiy omillarni sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Fitch Ratings tahliliy agentligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish darajasi barqaror.

YAIM miqdori nisbatan past, inflyatsiya nisbatan yuqori boʻlishiga qarmasdan davlat qarzining kamligi, yaxshi suveren balans va yuqori rivojlanish surʼati Oʻzbekiston reytingini barqaror “VV-” darajasida saqlab qolish imkonini berdi, - deyilgan xabarda.

Fitch Ratings Oʻzbekiston hukumatining moliya siyosatini umuman muvaffaqiyatli deb baholab quyidagi prognozlarni bermoqda:  

  • 2019 yilda oʻrtacha inflyatsiya darajasi– 14,9 %ni tashkil qiladi. 2020 yilda - 16 %gacha oshishi va 2021 yilda - 13,5 %gacha kamayishi kutilmoqda;
  • Umumiy davlat byudjeti defitsiti kamayib 2020 yilda YAIMning 2,4 %ini, 2021 yilda – 1,8 %ni tashkil qiladi;
  • Davlatning xorijiy aktivlari 2019 yilda 34 %dan 22 %gacha kamayadi;
  • Davlat qarzi miqdori 20,8 %dan 28,7 %gacha oʻsadi. Bu Oʻzbekiston xorijdan olishni rejalashtirayotgan 5,3 mlrd dollar qarzlarini aks etadi.

Shu bilan birga Fitch Ratings Oʻzbekiston pul-moliyaviy siyosatiga eng katta xavf solayotgan omillarni ham sanab oʻtgan:

  • AQSH dollarida saqlanayotgan davlat depozitlari (40 %) va dollarda olingan kreditlarning ulushining (55%) - kattaligi;
  • Davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan kreditlar foizi - bozor narxidan pastligi;
  • Moliya bozorining rivojlanmaganligi.

Eslatib oʻtaimiz, Oʻzbekiston Markaziy banki 2019 yilda inflyatsiya darajasi - 12,6 %, 2020 va 2021 yillarda – 9,9 %  boʻlishi kutilayotganini xabar qilgan edi. Undan tashqari MB 2023 yilga kelib inflyatsiya miqdorini 5 % miqdorida boshqarib turishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular