08:47 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Chorvachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish boʻyicha prezident taklifi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
237 0 0

"Oʻzbekchorvanasl", Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish va Uzumchilikni rivojlantirish agentliklari tashkil qilindi.

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni chorvachilik va bogʻdorchilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Yigʻilishda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekchorvanasl”, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish, Uzumchilikni rivojlantirish agentliklari tashkil etildi. 

2019-2021 yillarda 300-500 bosh chorva boqishga moʻljallangan 270 ta boʻrdoqichilik kompleksi va 260 ta sutchilik korxonasini tashkil etish ishlarini jadallashtirish topshirildi. Xususan, Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot, Kegeyli va Moʻynoq tumanlarida 1 million gektar pichanzor va yaylov yerlarida 182 ming bosh chorva mollari boqishga moʻljallangan 486 ta loyiha ishlab chiqildi. 

Shuningdek, prezident bogʻdorchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham talab darajasida emasligini taʼkidladi. Shu bois, meva-sabzavotga ixtisoslashgan barcha 55 ta tumanda bogʻdorchilik sohasida mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilab olindi.

Unga koʻra, xorij bozorlarida oʻz tovar belgisiga ega boʻlgan eksportchilar hamda qayta ishlash korxonalari ishtirokida ushbu tumanlarda kooperatsiyalar tashkil etiladi. Har bir tumanda ekinlarni joylashtirish kooperatsiyalar taklifi boʻyicha amalga oshiriladi, ular bogʻ va tokzorlarga koʻchatlarni yetkazib berish, hosildorlikni oshirish yuzasidan koʻmaklashadi. Shuningdek, bogʻdorchilikka ixtisoslashgan har bir tumanda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish uchun oʻquv markazlarini ochish vazifasi qoʻyildi.

Majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishing.

Asosiy mavzular