13:59 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan

"Ehtiyotkor yondashuv": MB qayta moliyalash stavkasini oʻzgartirishsiz qoldirdi

© Baxodыr Mamadjanov
Iqtisod
Havola olish
22210

Qarorni qabul qilishda bir martalik inflyatsion shoklarning yuzaga kelishi sharoitida foiz stavkalarni yanada oshirishda xorijiy valyutadagi kreditlar oʻsishi borasidagi ayrim havotirlarning mavjudligi inobatga olingan

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi, deb xabar qildi Markaziy bank axborot xizmati.

"Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan qayta moliyalash stavkasi yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, mazkur qarorni qabul qilishda iqtisodiyotda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar dinamikasining saqlanib qolish, bir martalik inflyatsion shoklarning yuzaga kelishi sharoitida foiz stavkalarni yanada oshirishda xorijiy valyutadagi kreditlar oʻsishi va kredit bozorida segmentatsiya kuchayishi borasidagi ayrim havotirlarning mavjudligini inobatga olib, ehtiyotkorona yondashuvni qoʻllash zaruriyatidan kelib chiqilgan.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabrida 2 foizga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Asosiy mavzular