15:52 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Logotip korporatsii Uzatom

Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida

Press-slujba korporatsii "Uzatom"
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (26)
510 0 0

AES qurilishiga sarflangan har bir dollar respublika iqtisodiyotiga oʻrtacha 5-6 baravargacha qaytadi, dedi “Uzatom” rahbari jurnalistlar bilan boʻlgan brifingda.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. “Uzatom” bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekistonda AES qurilishi qanday iqtisodiy afzalliklarni keltirib chiqarishi borasida jurnalistlar bilan uchrashuvda soʻzlab berdi.

“AES qurilishi energetika infrastrukturasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yirik investitsiyaviy loyiha boʻlib, u tabiiy gaz isteʼmolini kamaytirishni koʻzda tutadi. Gaz oʻrni toza energiya tomonidan qoplanganda esa, uning ortib qolayotgan hajmi istiqbolda eksportga yoʻnaltirilishi va uning qayta ishlanishi kutilmoqda”, - deya qayd etdi agentlik direktori.

Boʻlajak AES energetik quvvati quyidagi raqamlarda ifodalanadi: 630 gramm uran 70 tonna koʻmir va 140 tonna yogʻoch-taxtani oʻrnini bosadi.

AES qurilishi Oʻzbekistonga qanday naf keltirishi yuzasidan berilgan qoʻshimcha maʼlumotga koʻra, respublika uchun yiliga qoʻshimcha 2,4 GVt quvvat jalb qilinishi, 3-3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz iqtisodi, mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi, stantsiya qurilishi davrida 8 000 gacha va foydalanishga topshirilgandan soʻng esa qariyb 2 500 tagacha ish joyi shakllantirilishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston AESda ishlatib boʻlingan yoqilgʻi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi

2030 yilga kelib, AES respublikaning umumiy energetika ishlab chiqilishi tizimida 30% ni qoplashi haqida ham xabar qilindi.

Loyihaning ekologik tarkibiy qismi haqida soʻz yuritar ekan, J.Mirzamahmudov, uning ishga tushirilishi atmosferaga yiliga 14 mln tonnagacha karbonad angidrid gazi va 36 tonnagacha dioksid azot tashlanishida qisqarish yuz berishiga alohida toʻxtaldi.

Xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, AES qurilishiga sarflangan har bir dollar respublika iqtisodiyotiga oʻrtacha 5-6 baravargacha qaytariladi.

Oʻzbekiston AESi – Rosatom uchun eng ustuvor xorijiy loyiha boʻladi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tashkil etilgan edi. Agentlik vakolatiga atom energetikasini rivojlantirish va undan kelgusida qoʻllanilish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va tatbiq etish kiradi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (26)

Asosiy mavzular