Jismoniy shaxslarga xorijda cheklovlarsiz hisobvaraqlar ochishga ruxsat berildi

© Sputnik / Arseniy GorsheninDoverennie litsa prezidenta RF V. Putina prinyali zvonki na gorachuyu liniyu
Doverennie litsa prezidenta RF V. Putina prinyali zvonki na gorachuyu liniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni imzoladi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni imzoladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi tahrirdagi qonun bir qator meyorlar va mexanizmlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, unda valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishning asosiy tamoyillari belgilandi.

Qonunda rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi asosiy tamoyillar sifatida belgilab qo‘yildi.

Milliy valyutaning mavqeyini kuchaytirish maqsadida, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada o‘rnatilishi qonun darajasida belgilandi.

Shu bilan birga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘larning erkin tasarruf etilishi, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator ruxsat berish tartibotlarining bekor qilinishi, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni O‘zbekiston Respublikasiga repatriatsiya qilish bo‘yicha talablar nazarda tutilmoqda.

Rezident jismoniy shaxslar tomonidan xorijda cheklovlarsiz hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida nosavdo valyuta operatsiyalari bo‘yicha 100 mln. so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkin.

Jismoniy shaxslar  100 mln. so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd pul mablag‘larini O‘zbekistondan erkin olib chiqishlari mumkin.

Qonunning yangi tahririda valyuta operatsiyalarining amaliyotdagi mavjud turlari qamrab olindi hamda qonunchilikdagi havola qiluvchi normalar maksimal darajada qisqartirildi va mazkur qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0