13:16 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA

Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Iqtisod
Havola olish
147 0 0

Oʻzbekistondagi toʻlovlar tizimiga elektron pullar joriy etilmoqda. Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilishi talab qilinadi.

TOSHKENT, 5 noyab - Sputnik. Respublika ichidagi toʻlovlar arxitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda. Bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.

Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi.  Jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari  elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaxslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoxud agenti orqali oladilar.

Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini taʼminlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruxsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruxsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy taʼminoti ishidagi yoxud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi xatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.

Oʻzbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi

Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potentsial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator maʼlumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va eʼtirozlarni berish usullari toʻgʻrisida axborot taqdim etishlari shart.

Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaxsan hozirligida va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoxud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi. Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaxslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (eʼlon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaxslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.

Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanilayotgan elektron pullarga teng  “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):

·         agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;

·         jismoniy shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.

Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018 yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018 yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.

Yana bitta nozik jihati. Hujjatda toʻlov xizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanktsiyalar belgilangan:

·         toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.

·         toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u xato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.

Tegishli normalar tijorat banklarining mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarida amal qilmoqda. Qonun 2020 yil 3 fevraldan kuchga kiradi.

Asosiy mavzular