06:43 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
271 0 0

Bu koʻrsatkich 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda, 0,2 foizga (9,1%) pastroq, deyiladi vazirlik axborotida

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 8,9 foizni tashkil etdi. 2018 yilning mos davriga nisbatan ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaydi, deb xabar qildi mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, joriy yil sentyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mamlakatning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy soʻrovni oʻtkazdi. Unda 485 ta fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xoʻjaliklari hamda 26 008 nafar fuqaro qamrab olindi.   

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 8,9 %ini tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda, 0,2 foizga (9,1%) pastroq.

Ishsizlikning eng yuqori darajasi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan (9,3%), Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida 9,2 foizni tashkil etdi. Eng past koʻrsatkich esa Toshkent shahrida(7,5%) kuzatildi.  Ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 337,5 ming kishini tashkil etgan. 16-29 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida ishsizlik darajasi 14,9 foizni, ayollar oʻrtasida ishsizlik darajasi 12,5 foizni koʻrsatgan.

Tadqiqot natijalariga koʻra Oʻzbekistondan tashqariga ishga ketganlar soni 2 611,2 ming kishini tashkil etgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 100,7%ga teng.

2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida tuman(shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga 595 707 fuqaro ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan. (Ular orasida 30 yoshgacha boʻlganlar soni 213 707 nafarni tashkil etgan).

Murojaatchilarning 267 470 nafari ish bilan taʼminlangan, 216 778 kishi jamoat ishlariga jalb qilingan. 30 645 nafar fuqaro kasbga oʻqitishga jalb qilingan boʻlsa, 47 960 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

Asosiy mavzular