16:13 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
LEP

Turkmaniston Oʻzbekistonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi

Flilckr / Ian Muttoo
Iqtisod
Havola olish
77110

Taʼkidlanishicha, 1 dekabrdan Oʻzbekistonning elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi kutilmoqda

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Turkmanistonning "Turkmanenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Bundan maqsad, Oʻzbekiston elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakat aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashdir.

""Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 2019 yil 1 dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini maʼlum qiladi", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov aholini va ijtimoiy obʼyektlarni gaz va elektr-energiyasi bilan taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazgan edi.

Yigʻilishi davomida hukumat rahbari davlat xizmatchilarini yoʻl qoʻyilgan xatoliklar uchun qattiq tanqid qilgan. Aripovning soʻzlariga koʻra, birinchi sovuq kunlar tushishi bilan koʻplab regionlar svetsiz va gazsiz qolib ketgan.

Asosiy mavzular