01:22 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Jurnal Forbes budet teper vыpuskatsya v Uzbekistane

Forbes Oʻzbekistonda chop etish huquqini qoʻlga kiritdi

Instagram
Iqtisod
Havola olish
203 0 0

Endi "Oʻzbekistonning 100ta eng badavlat odamlari" reytingi tuziladi - Forbes Oʻzbekistonda chop etish huquqini qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Forbes jurnali Oʻzbekistonda chop etish huquqini qoʻlga kiritildi, deb xabar qildi Forbes.kz nashriyotchisi, qozogʻistonlik biznesmen Armanjan Baytasov.  

“Katta xursandchilik bilan shuni xabar qilmoqchiman-ki - bizning kompaniyamiz Forbes jurnalini Oʻzbekistonda chop etish huquqini qoʻlga kiritdi. Yangi loyiha yaratilishi meni yangi maqsadlar sari yetaklaydi”, - dedi Baytasov.

Yangi jurnalning birinchi soni kelgusi yilning mart oyida chiqadi. Jurnal tahririyati Toshkentda joylashadi. Jurnalning bosma nashri rus tilida, veb-versiyasi oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.  

Armanjan Baytasov aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston ayni damda biznes yuritish uchun juda istiqbolli manzilga aylanib bor moqda. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijobiy oʻzgarishlar butun dunyoda ulkan qiziqish uygʻotmoqda. Undan tashqari Oʻzbekistonning 33 million aholisi – bu ulkan oʻquvchilar auditoriyasi degani, deydi biznesmen.

Forbes – amerikaning taniqli moliya, iqtisodiyot va biznes haqidagi jurnali boʻlib u 1917 yilda Charlz Forbs tomonidan Nyu Yorkda chop etila boshlangan. Bugungi kunda Forbs oʻzining yirik biznes haqidagi maqolalari hamda turli shov-shuvli reytinglari bilan mashhur. Masalan “dunyoning 100 ta eng boy odami” yoki “Rossiyaning 100ta eng obroʻli kishilari” kabi reytinglarini doimiy ravishda eʼlon qilib kelmoqda.

Asosiy mavzular