16:24 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Ekspertlar Oʻzbekistonning YEOIIga kirish istiqbollarini oʻrganishdi

TSEIR
Iqtisod
Havola olish
30001

Ekspertlar Oʻzbekistonning YEOII va JSTga kirish istiqbollarini iqtisodiy modellar yordamida oʻrganib chiqishdi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. Berlin Economics konsalting kompaniyasi eksperti, Germaniyaning "GET Uzbekistan" ekspertlar guruhi aʼzosi - Veronika Movchan hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va izlanishlar markazi ekspertlari Oʻzbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hamda Jahon savdo tashkilotiga kirish istiqbollarini oʻrganib chiqishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ushbu tadbirning maqsadi – Umumiy muvozanat modeli yordamida Oʻzbekistonning JST va YEOIIga kirishining iqtisodiy natijalarini oʻrganish.

Seminar davomida Movchan Oʻzbekiston YEOIIga kirishi natijalarini Umumiy muvozanat amaliy-iqtisodiy model yordamida koʻrsatib berdi va "yevroosiyo integratsiyasi haqida oʻzining chuqur bilimlari bilan baham koʻrishdi", - deyilgan xabarda.

Oʻz navbatida Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari ham Oʻzbekistonning YEOIIga kirish natijalarini muqobil Umumiy muvozanat modeli yordamida koʻrsatib berishdi.

Muhokamalar natijasida mutaxassislar Umumiy iqtisodiy modelni Oʻzbekiston uchun kengaytirish va iqtisod tarmoqlari boʻyicha chuqurlashtirishga kelishib olishdi. Bu kelajakda iqtisodga asoslangan siyosatni toʻgʻri shakllashtirishga yordam beradi. Ekspertlar kelajakda ham hamkorlikni davom ettiirishga qaror qilishdi.

Umumiy muvozanat modeli – iqtisodiy termin boʻlib, u bir vaqtning oʻzida bir necha bozorlarda muvozanatga erishishni nazarda tutadi. Masalan, xom-ashyo bozorida un narxi oshsa, tayyor mahsulotlar bozorida nonning narxi ham oshadi. Lekin shu bilan birga aholi non isteʼmol qilishi kamayishi, guruch isteʼmoli oshishi, novvoychilik sohasida ish oʻrinlari qisqarishi ham mumkin. Oʻzgarishdan biroz vaqt oʻtib ushbu bozorlar oʻzaro muvozanatga keladi. Ana shunday usulda modellashtirish yordamida iqtisodda kutilayotgan oʻzgarishlar qanday natijaga olib kelishini prognoz qilsa boʻladi. Buni Umumiy muvozanat modeli yordamida oʻrganish deyiladi. 

Veronika Movchan – ukrainalik iqtisodchi ekspert, Yevrointegratsiya tarafdori. 

Asosiy mavzular