Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPodsolnechnoe maslo iz Irana
Podsolnechnoe maslo iz Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma yarmarkasi ochildi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Furqat Rahimov va Eron Islom Respublikasi sanoat, savdo va konlar vazir o‘rinbosari Hamid Zodbum ishtirok etdi.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Bugun Toshkentda Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma yarmarkasi ochilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Furqat Rahimov nutq so‘zladi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamestitel ministra investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan Furkat Raximov
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Zamestitel ministra investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan Furkat Raximov

Rahimov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Hamid Zodbum – sanoat, savdo va konlar vazir o‘rinbosari boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonda qutlashdan juda mamnun ekanligini bildirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan Eron Islom Respublikasi bilan hamkorlik rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi savdo tashqi aylanmasi tahlillarga ko‘ra, 340 mln dollarlik mahsulotlar aylanmasi tashkil etdi”, - deb ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNapitki na vistavke proizvoditeley iz Irana
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Napitki na vistavke proizvoditeley iz Irana

Rahimov ta’kidlashicha, hukumatlar darajasidagi aloqalar yanada faollashmoqda. O‘tgan yili hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishi Tehronda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, ertaga esa Toshkentda ushbu yig‘ilishning navbatdagi 13-chi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonga Erondan tashrif buyurgan hukumat a’zolari va ko‘plab ishbilarmonlar davlatlar o‘rtasida har tomonlama munosabatlarni bugungi holati, shu jumladan, dolzarb savdo iqtisodiy masalalar muhokama qilinishi va sermahsul kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrutya stroitelnoy armaturi na vistavke proizvoditeley iz Irana
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prutya stroitelnoy armaturi na vistavke proizvoditeley iz Irana

“Bugungi kundan o‘z ishini boshlaydigan Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma yarmarkasi mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo iqtisodiy hamkorlikning mustahkamlanishi yo‘lidagi yana bir ishonchli qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu ko‘rgazma Eron tadbirkorlarni o‘zbek bozoriga, o‘zbek-eron xalqlarining ikki tomonlama foydali savdo aloqalarini o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishi va intilishi natijasi ularoq tashkil etilgan tadbir sifatida ifodalanadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaketi rudnix zavodov
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Maketi rudnix zavodov

Vazir o‘rinbosari ko‘rgazmada 100 dan ortiq Eron korxonalari va tadbirkorlarni o‘zlarining turli xildagi mahsulotlari bilan ishtirok etayotganini aytdi.

“O‘ylaymanki, o‘zbek-eron biznes forumi va Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma yarmarkasi natijalari bo‘yicha imzolanadigan kelishuvlar va shartnomalar yaqin kelajakdagi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratiladi”, - dedi Rahimov.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistavka proizvoditeley Islamskoy Respubliki Iran
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Vistavka proizvoditeley Islamskoy Respubliki Iran
Yangiliklar lentasi
0