20:58 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Iqtisod
Havola olish
100710

Oʻzbekiston YEOIIdan tashqarida boʻlgan mamlakatlar bilan ham yaqin iqtisodiy va savdo munosabatlarini saqlab qolishga intilmoqda, dedi Oʻzbekistonning Niderlanddagi elchisi.

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan hamkorlik qilishi boshqa ittifoqlar bilan tuzgan shartnomalaridan voz kechishi degani emas, dedi Oʻzbekistonning Niderlanddagi elchisi Dilyor Hakimov Broyusselda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Elchi soʻzlariga koʻra Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlariga asoslangan, ochiq, oʻzaro foydali va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish - ushbu siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.  

“Oʻzbekiston, oʻzining yangi iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda, xorijiy mamlakatlar,  xalqaro tashkilotlar va integratsion uyushmalar bilan hamkorlikda oʻzini cheklab qoʻymoqchi emas”, - deyilgan xabarda.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikka kelganda “gap faqat iqtisodiy  hamkorlik haqida” ketmoqda. Ittifoqdagi Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya Oʻzbekiston uchun bozorning yirik ishtirokchilari va muhim tranzit koridori sifatida qiziq. Oʻzbekiston uchun YEOII davlatlari bilan mehnat migratsiyasi borasida ham hamkorlikni kuchaytirish katta ahamiyatga ega, deydi elchi.  

Shuningdek, diplomat, Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlmagan boshqa mamlakatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlari bilan ham yaqin, hamkorlik munosabatlarini saqlab qolish va rivojlantirish tarafdori ekanini aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil kuzida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikani Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalalasini oʻrganib chiqishni topshirgan edi.

Asosiy mavzular