16:59 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
43602

Rossiya – Oʻzbekiston orasida qatnaydigan taksi haydovchilarining noroziligiga javoban Bojxona qoʻmitasi yangi soliq qay hollarda undirilishini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Davlat bojxona qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi, Qoʻmitas rasmiy xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, 13 yanvar kuni Rossiya va Uzbekiston  shaharlari orasida doimiy qatnaydigan haydovchilar hukumat tomonidan joriy etilgan yangi bojxona toʻlovlaridan norozi boʻlib, Oliy Majlis binosi oldida toʻplanishgan edi.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatnomalarida haydovchilar asosan, yangi boj stavkasi joriy etilganidan buyon har bir viloyatdan bir necha ming kishi ishsiz qolganini, ushbu bojlar Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar uchun ham qimmatga tushayotganini aytib, prezidentdan yordam soʻrashgan edi.   

Bunga javoban Bojxona qoʻmitasi, yangi qonun qaysi holatlarda qoʻllanilishini batafsil tushuntirib bergan.

2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan  “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-4508-son prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududiga avtomobil transportida yoki piyoda kirib kelganda, umumiy qiymati 300 AQSH dollaridan ortiq boʻlgan yuklarning har bir kilogramidan 3 dollardan yagona boj toʻlovi undiriladi.

Samolyotda kirib kelgan yoʻlovchilar uchun ushbu toʻlov yuklar qiymati 2000 AQSH dollaridan oshganda, temiryoʻl transportida kirib kelgan yoʻlovchilar uchun – 1000 AQSH dollaridan oshganda olinadi.

Asosiy mavzular