16:19 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
307 0 0

Shavkat Mirziyoyev BAA va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi​. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tashriflar yakunida, xususan, BBA bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq, Yaponiya bilan esa 6 milliard dollardan ziyod qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.

Yigʻilishda BAA kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar bugun oʻz natijasini berayotgani taʼkidlandi. Bunday ijobiy natijalar BAA hamda Yaponiya ishtirokidagi boshqa koʻplab loyihalarda ham kuzatilmoqda.

“Xususan, BAA ishtirokida 1 milliard dollarlik kapitalga ega “The Abu Dhabi Uzbek Fund” investitsiya fondi tashkil etildi. Bugungi kunga kelib ushbu jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kichik va oʻrta loyihalarni, shuningdek, Samarqand shahrida mehmonxona qurish, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtirilishini moliyalashtirish maʼqullandi”, - deyiladi xabarda.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablagʻlarini jalb qilgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kredit mablagʻlari hisobidan “Maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazlari (data-markazlar) tashkil etish”, “Paketli kommutatsiya xalqaro markazlarini kengaytirish”, “Telekommunikatsiya transport tarmogʻi va maʼlumotlar uzatish tarmogʻini kengaytirish”, “Radiotarmoqni modernizatsiya qilish” loyihalarini amalga oshirish uchun 180 million dollar mablagʻ jalb etishni rejalashtirgan.

Shavkat Mirziyoyev yigʻilish chogʻida tashriflar natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xarita”lariga muvofiq 2020 yil uchun belgilangan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli ijrosini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hisoboti eshitildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar:
Hyatt Regency Tashkent, Toshkent

Asosiy mavzular