06:28 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
535 0 0

Qurilish ishlarini 2020 yilning uchinchi choragida boshlab, obʼyektni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik.  Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonning Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stantsiyasini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Kelishuvni imzolash Investitsiya va tashqi savdo vazirligida boʻlib oʻtdi.

Vazirlik xabariga koʻra, “Masdar” kompaniyasi shamol elektr stantsiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi.

Qurilish uchun investitsiyalar hajmi 600 mln dollar miqdorida baholanmoqda. Ishlarni 2020 yilning uchinchi choragida boshlab, obʼyektni 2022 yilda foydalanishga topshirish reja qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq BAAning “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatidagi umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektr stantsiyasini qurishga 100 million dollargacha sarmoya kiritishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular