05:29 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
54810

Ikki davlat ishchi guruhi Tojikiston hududidagi Zarafshon daryosida Yavan GESini qurish loyihasini muhokama qildi. Loyihaning dastlabki qiymati 282 mln dollarni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon daryosida GES bunyod etishni muhokama qildi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu masala ikki davlat ishchi guruhining uchrashuvida muhokama qilingan.

“Muhokama mavzusining asosiy masalasi – Tojikiston Respublikasi hududidagi Zarafshon daryosida Yavan GESini qurish loyihasi boʻldi. Loyihaning dastlabki qiymati taxminiy miqdori 282 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Yavan GESning yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi 140 MVtga teng boʻladi.

Tojikiston delegatsiyasi bilan yakuniy-xulosaviy uchrashuv 29 yanvar kuni oʻtkaziladi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rejalariga doir masalalar yakuniy tarzda koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular