Shavkat Mirziyoyev transport vazirligini eskicha ish uslubi uchun tanqid qildi

© Press-slujba prezidentaShavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta
Shavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vazirligi tashkil qilinganining bir yilligi arafasida prezident sohadagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Kecha 28-yanvar prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda transport xizmatlari sohasidagi vaziyat tanqid qilindi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

Ministr promishlennosti  rudnikov i torgovli Irana Reza Raxmani - Sputnik O‘zbekiston
Eron Fors ko‘rfazidan O‘zbekistonga tranzit koridor ochib berishga tayyor

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston transport vazirligi prezident farmoniga binoan 2019-yilning 1-fevralida tashkil qilingan edi.

Transport salohiyati

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030-yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

Jahon bankining logistika reytingida yurtimiz 163 ta davlat orasida 99-o‘rinda bo‘lib, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi bo‘yicha 120-o‘rinda qayd etilgan.

Samarali tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati cheklanmoqda. Shu sababli tranzit siyosatini butunlay qayta ko‘rib chiqish, temir yo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aviatsiya transporti

Aviatsionniy festival Forsaj - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Humo Air aviakompaniyasi tashkil etildi

Shavkat mirziyoyev fuqaro aviatsiyasi sohasidagi vaziyatni ham tanqid qildi. Milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, o‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmadi.

Yuqoridagi vaziyatni hisobga olgan holda prezident islohotlarni to‘liq yakuniga yetkazish sohada raqobat muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilandi.

Yangi aviakompaniyalar faoliyati uchun sharoit yaratish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Avtomobil transporti 

Avtomobili v tonnele - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

Avtomobil va jamoat transporti sohasida aholiga qulay va sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishlar uchun ochiq tenderlar o‘tkazish, jamoat transportiga oid tarif va tartiblarni qayta ko‘rib chiqib, raqamlashtirish lozimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tez fursatlarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Transport vazirligi huzuridagi nazorat organlarining ish uslubi eskicha ekani ko‘rsatilib, ularning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.  

Yangiliklar lentasi
0