09:44 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
207342

Olma-otada 31 yanvar kuni Rossiya, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishi oʻtkazildi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Olma-otada 31 yanvar kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Rossiya, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston bosh vazirlari ishtirok etdi.

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Tseremoniya sovmestnogo fotografirovaniya glav delegatsiy Yevraziyskogo mejpravsoveta. Sleva napravo: predsedatel kollegii Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Tigran Sarkisyan, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan, premyer-ministr Belarusi Sergey Rumas, premyer-ministr Kazaxstana Askar Mamin, premyer-ministr Kыrgыzstana Muxammedkalыy Abыlgaziyev. Sprava — premyer-ministr Moldavii Ion Kiku.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar tez orada ichki savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etish va biznes uchun raqobat sharoitlarini rivojlantirishga eʼtibor qaratish kerakligini aytdi.

“Rossiya barcha sharoitlarni yaratgan holda YEOIIni mustahkamlashda faol ishtirok etishda davom etadi. Umuman olganda, biz faoliyatning barcha asosiy yoʻnalishlarida Yevrosiyo integratsiyasining dinamikasini ijobiy baholaymiz: birinchi navbatda, umumiy bozorning faoliyati yaxshilanmoqda. Asosiy maqsad – “beshlik” davlatlarining iqtisodiyoti oʻsishini taʼminlashdir”, - deb taʼkidladi Mishustin.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yil kuzda mamlakatning YEOIIga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular