Qirg‘iziston olmasi O‘zbekiston bozorida narxlarni tushirib yubordi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishYabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke
Yabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy tadbirkorlar omborxonalarda saqlanayotgan olmalarini 2 dollardan sotishni rejalashtirib turgan vaqtda Qirg‘iziston olmasi 60 sentdan sotila boshlandi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qirg‘izistondan O‘zbekistonga katta miqdorda olma olib kela boshlandi. Bu o‘z navbatida mahalliy bozorda olma narxining tushib ketishiga olib keldi, deb xabar qilmoqda EastFruit portali.

Odatda Qirg‘izistondan “Starkrimson” vai “Renet Simirenko” sortlari olib kelinadi. Ushbu olmaning sifatiga nisbatan ayrim savollar bo‘lsada, lekin uning narxi O‘zbekiston bozorida “shok” darajada arzon bo‘lib chiqdi.

O‘zbekiston ulgurji bozorida Qirg‘iziston olmasining narxi 0,60 $ ni tashkil qilmoqda. Biroz oldin mahalliy tadbirkorlar 2020-yilning boshida o‘z olmalarini 2 $dan sotishni rejalashtirayotgani xaqida xabar berilgan edi.

Bugungi kunda Eron olmasi O‘zbekiston bozorida 1,15 dollardan taklif qilinmoqda. Shuningdek Xitoy olmalari ham bor.

Mahalliy olmaning narxi deyarli 2 baravar qimmat bo‘lganligi tufayli, ayrim tadbirkorlar eron olmasini foydalanilgan banan qutilariga solib, o‘zbek olmasi sifatida sotish holatlari ham uchraydi, deb yozadi portal.

Yangiliklar lentasi
0