09:00 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Iqtisod
Havola olish
69740

Hozirda 2054-2105 metr chuqurlikda olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burgʻulash ishlari natijasida tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.

“Oʻzbekneftgaz” xabariga koʻra, quduqni 2054-2105 metr oraligʻida (XV-1, XV-2 katlamlar) burgʻulash jarayonida sinab koʻrilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga koʻra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burgʻulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan.

Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini oʻrganish uchun 2850 metrgacha burgʻulash ishlari davom ettirilmoqda

Asosiy mavzular