17:08 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
582 0 0

Dushanbe shahri meriyasi vakillari “Oʻzavtosanoat” korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun Oʻzbekistonga keldi. Muzokaralarda Dushanbeda yengil avtomobillar va tijorat texnikasini yirik blokli yigʻuv zavodini ochish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Tojikiston poytaxtida oʻzbek yengil avtomobillari va tijorat texnikasini yirik blokli yigʻuv zavodi paydo boʻlishi mumkin.

“Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati xabariga koʻra, Dushanbe shahri meriyasi vakillari “Oʻzavtosanoat” korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun Oʻzbekistonga ishchi tashrif kelgan.

Ushbu tashrif doirasida Dushanbe meriyasi vakillari “Oʻzavtosanoat” AJ rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdilar.

Tomonlar ehtimoliy hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, Dushanbeda yengil avtomobillar va tijorat texnikasini yirik blokli yigʻuv zavodini ochish loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar “Oʻzavtosanoat”ning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Asakadagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish zavodiga, Samarqanddagi “SamAvto”, “Oʻzavtotreyler”, “Uz Truck and Bus Motors”, shuningdek, Toshkendagi UzAuto Motors Powertrain zavodlariga bordilar.

Asosiy mavzular