Toshkentda birinchi xalqaro aviatsiya forumi boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy aviatsionniy forum v Tashkente
Mejdunarodniy aviatsionniy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda birinchi Aviatsiya forumiga start berildi, unda duyonining turli mamlakatlaridan kelgan 180 ta kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Toshkentda birinchi xalqaro aviatsiya forumi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

"Bugun, 19-fevral kuni Toshkent shaxridagi O‘zekspomarkazda birinchi xalkaro aviatsiya forumi - Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020)ga start berildi. Forumni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. Forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 180ga yaqin kompaniya vakillari tashrif buyurgan", - deyilgan xabarda. 

Ishtirokchilar orasida Boeing, Lufthansa, Bombardier, ATR, EGIS, Aeroflot, Turkish Airlines, Mitsubishikabi dunyoga mashhur kompaniya nomlrini ko‘rish mumkin. 

Forum, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Transport vazirligi, O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0