20:30 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
217 0 0

Oʻzbekiston kimyo sanoatida soʻnggi yil davomida 2018 yilga nisbatan 2,3 barobar koʻp foyda olindi, yangi korxonalar ishga tushirildi, lekin sohada yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.

TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida kimyo sanoatini asosiy vazifalari va uni isloh qilish boʻyicha rejalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.Korxonalar faoliyati tahlil qilinib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, “raqamli texnologiyalar”ni qoʻllash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini koʻtarish muhimligi qayd etildi.

Undan tashqari, kimyo sanoatida yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish, toʻqimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, isteʼmol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, yigʻilishda “Navoiyazot”, “Fargʻonaazot” Qoʻngʻirot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodida faoliyatiga doir alohida koʻrsatmalar berildi. 

Xabarning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

 

Asosiy mavzular