07:37 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
17410

Rossiyaning Skolkovo markazi olimlari Oʻzbekistonga suvni tozalash va turistlarni jalb qilishda yordam beradi.

TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Skolkovo olimlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Xabarda aytilishiga koʻra, vazirlik paydo boʻlgan muammolar boʻyicha oʻz soʻrovlarini yuborishi va Skolkovo oʻz navbatida ularga innovatsion yechimlarni taqdim etadi. 

Undan tashqari, Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi ham Skolkovo rezidentlaridan biri bilan ham hamkorliq qilishga kelishib olishdi: mamlakatga kirayotganda, chet ellik sayyohga favqulodda turistik ID karta taqdim qilinadi va shu kartada turist haqida barcha maʼlumotlar yozib olinadi va keyinchalik favqulotda holatlarda tahrirlanadi.

Eslatib oʻtamiz, bir hafta oldin Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov "Skolkovo" jamgʻarmasining mintaqaviy rivojlanish va MDH bilan hamkorlik boʻyicha vitse-prezidentning oʻrinbosari Aleksandr Okunev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar MDHga aʼzo davlatlar Davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturining vazifalarini amalga oshirish va 2030 yilgacha boʻlgan davrda ushbu dasturning maqsadlarini aniqlash masalalarini muhokama qildilar.

Asosiy mavzular