UzAuto Motors vaqtincha avtomobil sotishni to‘xtadi

© Press-slujba UzAuto MotorsUzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax
UzAuto Motors nachnet vipuskat mashini v novix svetax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya inventarizatsiya amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatmoqda.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

“UzAuto Motors kompaniyasi inventarizatsiya amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatadi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya inventarizatsiya tugagani haqida rasmiy sahifalari orqali xabardor qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors narxlarning oshgani haqidagi xabar yuzasidan izoh bergan edi. 2020-yildan boshlab  “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanishi ular narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.  

Yangiliklar lentasi
0